Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Attestatsiya uchun to‘lov qoidalari: Birinchi marta qatnashayotgan pedagoglar to‘lovdan ozod etiladimi?

07-sentabr 00:35
Attestatsiya uchun to‘lov qoidalari: Birinchi marta qatnashayotgan pedagoglar to‘lovdan ozod etiladimi?

Oliy ta’lim muassasasini tamomlab, ish stajiga to‘liq uch yil to‘lmagan pedagoglar o‘z ixtiyorlari bilan navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishlari mumkin. Bu ularning birinchi attestatsiyasi hisoblanadi. Barcha pedagog kadrlar har besh yilda bir marta majburiy attestatsiyadan o‘tadilar.

Agar pedagoglar ishga yangi qabul qilingan bo‘lsa yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib, ishga kirgan bo‘lsa, ularga kasbiy faoliyatga uch yil to‘lgandan so‘ng majburiy attestatsiya o‘tkaziladi. Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari bo‘ladi.

Shuningdek, attestatsiyada nechanchi marta ishtirok etishidan qat’i nazar, to‘lov miqdori attestatsiya turiga bog‘liq.