Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ustama olish uchun milliy sertifikatda necha ball to‘plashlari kerak?

19-sentabr 00:28
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ustama olish uchun milliy sertifikatda necha ball to‘plashlari kerak?

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonlarida C yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan holda ustama olishlari mumkin. Ya’ni, ular kamida 46 ball yoki undan yuqori ball to‘plashlari kerak.

Rash modeliga ko‘ra milliy sertifikat darajalari quyidagicha:

  • 70 balldan yuqori ball olganlarga — A+ daraja;
  • 65 — 69,9 ball olganlarga — A daraja;
  • 60 — 64,9 ball olganlarga — B+ daraja;
  • 55 — 59,9 ball olganlarga — B daraja;
  • 50 — 54,9 ball olganlarga — C+ daraja;
  • 46 — 49,9 ball olganlarga — C daraja.

Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi pedagoglarning matematika, o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan olingan sertifikatlari aynan shu fanlar bo‘yicha dars soatlari uchun amal qiladi.