Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Qashqadaryo viloyati miqyosida maktab o‘quvchilari uchun o‘tkaziladigan “🏆Boshqarma boshlig‘i IELTS Granti” tanlovi Nizomi

30-sentabr 16:13
Qashqadaryo viloyati miqyosida maktab o‘quvchilari uchun o‘tkaziladigan “🏆Boshqarma boshlig‘i IELTS Granti” tanlovi Nizomi

1. Umumiy ma’lumotlar

Qashqadaryo viloyatida maktab o‘quvchilari uchun 100 ta IELTS Grant ajratildi. Grantning umumiy qiymati 170 million so‘mni tashkil etadi. Mazkur tanlov Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Registon ta’lim loyihasi tomonidan, xalqaro British Council tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

2. Tanlov maqsadi

Tanlovning asosiy maqsadi - yoshlarni ta’lim olishga rag‘batlantirish, ingliz tili savodxonligini oshirish va O‘zbekiston ta’lim sohasini yanada rivojlantirishdir.

3. Tanlovning ishtirokchilari

Tanlovda Qashqadaryo viloyatidagi 8-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilarning ingliz tili darajasi Intermediate va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

4. Tanlov bosqichlari

Tanlov ikki bosqichdan iborat:

  • 1-bosqich: Respublika Imtihonlar.uz platformasi orqali onlayn test. Test 13-oktabr kuni o‘tkaziladi va 50 ta test savolidan iborat bo‘ladi.
  • 2-bosqich: 20-oktabr kuni Registon o‘quv markazi imtihon binosida IELTS Mock imtihoni.

5. Tanlovda taqdim etiladigan imkoniyatlar

Tanlov g‘oliblari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:

  • 3 oy davomida IELTS kursida bepul ta’lim olish;
  • IELTS materiallaridan bepul foydalanish;
  • British Council tomonidan treninglarda qatnashish;
  • IELTS ekspertlari tomonidan onlayn darslar olish;
  • O‘quv jarayonlarida yordamchi xizmatlardan foydalanish.

6. Qoidalar

Tanlovda qatnashish uchun @Qashqadaryo_IELTSgranti_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur. Tanlov g‘oliblari imtihonlarda minimum 56 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan holda, Grantga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

7. Taqdirlash

Tanlov g‘oliblari Registon o‘quv markazida tantanali ravishda taqdirlanadi va ularga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

8. Murojaat

Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar uchun @Registan_Karshi_Manager manziliga murojaat qilishingiz mumkin.