Bugun attestatsiya uchun to‘lovlarni amalga oshirishning oxirgi kuni
Bugun attestatsiya uchun to‘lovlarni amalga oshirishning oxirgi kuni
Bugun, 2024-yil 10-oktyabr, pedagog kadrlar uchun attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishning oxirgi kuni hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagogik kadrlar attestatsiyasi uchun arizalar 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar qabul qilingan edi.
Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza bergan ba’zi pedagoglar to‘lovlarni amalga oshirishga ulgurmagan. Shu sababli, ular tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilingan.
O‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida, to‘lov muddatlari uzaytirilib, 10-oktyabr sanasiga qadar to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati berilgan.