Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Davlat OTM yotoqxonalariga joylashish uchun 1-kurs talabalari ariza topshirishi mumkin

19-avgust 15:21
Davlat OTM yotoqxonalariga joylashish uchun 1-kurs talabalari ariza topshirishi mumkin

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha, talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari yakuniga yetdi. Endilikda, 1-kurs talabalari davlat oliy ta’lim muassasalarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Shuningdek, quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

  • Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
  • Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
  • Bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
  • Xalqaro fan olimpiadalari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
  • Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;
  • Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar.

Bundan tashqari, ayrim talabalar yotoqxona to‘lovidan qisman yoki to‘liq ozod etilishi mumkin.

Quyidagilar yotoqxona to‘lovidan to‘liq ozod etiladi:

  • Ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
  • Chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etgan) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etgan);
  • Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

Quyidagilarga umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi:

  • Umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironligi borlar;
  • Vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalar.