Ijara puli kimlarga qoplab beriladi: Davlat OTM talabalari uchun imtiyozlar
Ijara puli kimlarga qoplab beriladi? Xususiyda o‘qiyotganlarga hammi?
Talabalarning ijara puli bilan bog‘liq savollar ko‘p uchraydi. Xususiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar bu imtiyozdan foydalanishlari mumkinmi yoki yo‘qmi? Bu maqolada ushbu savollarga javob topasiz.
Xususiy oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun imtiyozlar mavjudmi?
Afsuski, xususiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar uchun ijara puli qoplab berilmaydi. Faqat davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limida tahsil olayotgan talabalargina bu imtiyozdan foydalanishlari mumkin. Bunga xorijiy hamkorlikdagi oliy ta’lim dasturlari va fakultetlari bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar kirmaydi.
Ijara puli qaysi talabalar uchun qoplab beriladi?
Amaldagi tartibga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning ijara xarajatlarining 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Shartnoma asosida o‘qiyotgan yoki grantda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida farq yo‘q — ikkalasi ham imtiyozga ega.
Talabalar qanday saralanadi?
Ijara puli qoplab beriladigan talabalarni oliy ta’lim muassasalaridagi maxsus komissiyalar tanlab oladi. Ushbu komissiyalar har bir talabani saralashda ularning ijtimoiy va iqtisodiy holatini hisobga oladi.