Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Garvard universiteti talabalaridan 16 ta g‘ayratlantiruvchi ibora

16-aprel 18:16
Garvard universiteti talabalaridan 16 ta g‘ayratlantiruvchi ibora
  1. Agar sen hozir uxlab qolsang, senga, albatta orzuing tushingga kiradi, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuingni hayotga tatbiq qilasan.
  2. Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi.
  3. Ta’limning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir.
  4. Ta’lim – bu vaqt emas. Ta’lim – bu harakatdir.
  5. Hayot – bu faqat ta’lim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qaerdan bilib olasan?
  6. Doimiy rivojlanib borish imkoniyatidan rohatlan.
  7. Hamma ishni oldindan qilib borishni o‘rgan, tirishishni o‘rgan, o‘z mehnating samarasini ko‘r.
  8. Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qat’iyat orqali erishiladi.
  9. Vaqt joyida turmaydi, ammo sen hech nima qilmasang – u ulkan tezlikda o‘tib ketaveradi.
  10. Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi.