Hujjatimni nostrifikatsiya qildirmoqchiman, qayerga murojaat qilishim kerak?
22.04.2024 17:07
Nostrifikatsiya qildirishning 2 xil usuli mavjud:
- 1-usul: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda oʻzingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda maʼlumotnoma taxminan 10 ish kunida tayyor boʻladi.
Bu uchun:
- Portalga kirasiz.
- Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID boʻlsa) tizimga kirasiz. OneID boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtasiz.
- Keyin portaldagi xizmatlar roʻyxatidan Ta’lim boʻlimi tanlaysiz.
- Diplomni nostrifikatsiyalash boʻlimiga kirasiz.
- Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz va kerakli maʼlumotlarni kiritasiz.
- To‘lovni amalga oshirasiz (Upay, Payme yoki Click ilovalari orqali). To‘lov miqdori jismoniy shaxslar uchun BHM ning 2.7 (2023-yil 20-aprel holatiga ko‘ra, 810000 so‘m) miqdoriga teng.
2-usul. Davlat Xizmatlari markazi orqali. Bunda o‘zingizga eng yaqin va qulay bo‘lgan istalgan Davlat Xizmatlari Markaziga kerakli hujjjatlar bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Qanday hujjatlar kerak bo‘ladi:
- Хorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi:
- Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Nostrifikatsiya boʻyicha navbatdagi test sinovlari kunlari va ishtirokchilar roʻyxati ma’lum qilindi
16-fevral 11:58
Xorijiy diplomlarni tan olish (nostrifikatsiya) boʻyicha navbatdagi test sinovlari kunlari va ishtirokchilar roʻyxati eʼlon qilindi
02-fevral 12:36