Huquq fani o‘qituvchilariga ham har oylik qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022 yildagi PF-134-son farmoni bilan umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
Huquq fanidan milliy sertifikat joriy etilgandan so‘ng, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirish kiritilgan qarori tasdiqlangandan keyin, Milliy sertifikatga ega bo‘lgan huquq fani o‘qituvchilariga har oylik ustama haqi to‘lanadi.