Huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat joriy qilinadimi?
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Huquqshunoslik fanlaridan milliy sertifikat joriy etiladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihonini joriy etish haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi izoh berdi.
Agentlik mutaxassisi ma’lum qilishicha, milliy sertifikat bo‘yicha imtihonni tashkil etish agentlikning ish rejasiga kiradi, biroq huquqiy asos mavjud bo‘lmasa, huquqshunoslik fanidan mustaqil sertifikatlash tizimini joriy qilish mumkin emas. Hozirgi vaqtda huquqshunoslik fanidan sertifikat joriy etish uchun huquqiy hujjat mavjud emas.
Shu sababli, huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihonini o‘tkazish hali aniq emas va tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Agar bu borada yangi huquqiy asoslar paydo bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.