Kundalik hayotingizdan pozitiv energiya olib xursand boʻlish sirlari
➖ Har kuni kun davomida boʻlib oʻtgan ijobiy narsalarni, voqealarni eslab yozib qoʻying.
➖ Sovuq xabarlardan (TVda , internetda urush, zoʻravonlik, tabiiy ofatlar, qisqasi koʻngil choʻktiruvchi) uzoqroq yuring!
➖ Faqat yaxshi xabarlar oʻqishga, tinglashga intiling!
➖ Hayotdan noliydigan, giybatchi, noshukur insonlar bilan kamroq iloji boʻlsa umuman gaplashmang!
➖ Hayotingizdagi har bir qiyinchilikka kulib, dars, saboq deb qabul qiling. Har bir ishda hikmat bor.
➖ Hayotga kulib boqing! Oʻz-oʻzidan yoʻllaringiz ochilib ishlaringiz yurishib ketganini sezmay qolasiz!