Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmaydi

06-mart 12:51
Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmaydi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 6 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizalari kiritilgan.

Ulardan 5 tasining tegishli litsenziyasi sud qaroriga ko‘ra bekor qilinib, 1 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Bu kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlari – “Valley Innovative University”, Urganch shahridagi Binari universitetining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirildi.

Hozirda litsenziyasi bekor qilingan boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining talabalarining o‘qishini ko‘chirish ishlari tashkil etilmoqda.