Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Endi xususiy oliygohga xohlagan paytda o‘qishga kira olmaysiz!

30-iyun 08:10
Endi xususiy oliygohga xohlagan paytda o‘qishga kira olmaysiz!

Ma’lumki, Prezident farmoni bilan respublikada faoliyat yurituvchi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari bakalavriati va magistraturasiga qabul bir o‘quv yilida bir marta amalga oshirilishi belgilandi. Manba. Unga ko‘ra, qabul bir o‘quv yilida bir marta (iyun — sentyabr oylari oralig‘ida) amalga oshiriladi.

Farmonning kuchga kirishi va tatbiqi

Yuqoridagi farmon o‘tgan yili kuchga kirgan bo‘lib, endi shunday bo‘lishiga qaramasdan ba’zi oliygohlar oktyabr va undan keyingi oylarda ham qabulni amalga oshirishdi.

❌ Endi unday bo‘lmaydi, chunki shu yili qabul qilingan Prezidentning 82-sonli farmoniga ko‘ra xususiy oliygohlar ham o‘z talabalariga shartnoma berishni kontrakt.edu.uz va prof.edu.uz axborot tizimlari orqali shakllantirishi belgilangan.

Ya’ni, xususiy oliygohlar talabalari uchun shartnomani shakllantirish katta ehtimol bilan 1-oktyabr sanasiga ochiq turadi, undan keyin shartnoma olishning imkoni bo‘lmaydi.

Xususiy oliygohlarga topshirish muddati

Xususiy oliygohlarga topshirayotgan abituriyentlar ham otni qamchilashi kerak bo‘ladi!