Maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligi yanada oshiriladi
Prezidentning “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni (PF-152-son, 30.09.2024 y.) qabul qilindi. Ushbu farmon maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va bolalarning bilim olish, kognitiv ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan bir qator o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Farmonga ko‘ra, quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
- Kichik va o‘rta guruhlar bolalarida kognitiv, psixomotor va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘lga qo‘yiladi.
- Katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalarida bilim olish, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqiladi.
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab:
- Bog‘chalar tomonidan Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida bolaning rivojlanish xaritasini yuritish amaliyoti joriy qilinadi.
- Maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik haqida elektron sertifikat beriladi.
2025-yil 1-avgustga qadar:
- Maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi doirasida ishlab chiqilgan elektron resurslar, audiovizual mahsulotlar va o‘quv-metodik materiallar Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida joylashtiriladi va ulardan erkin va bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.
- Ota-onalar uchun shaxsiy kabinet yaratiladi va unda bolaning rivojlanish xaritasi ma’lumotlari joylashtiriladi.