Usmon Sharifxodjayev Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan Usmon Sharifxodjayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Usmon Sharifxodjayevni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Vazirlik jamoasi unga kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvafaqqiyatlar tiladi.
Sharifxodjayev oʻz nutqida vazirlik jamoasi bilan hamjihatlikda olib borilgan mehnat uchun minnatdorlik bildirdi.