Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Bog‘chalarda bepul tarzda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuv imzolandi

09-oktabr 11:54
Bog‘chalarda bepul tarzda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuv imzolandi

Bog‘chalarda bepul tarzda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuv imzolandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Fransiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdi. Sammit davomida vazir va Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida muhim kelishuvga erishildi. Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistondagi 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida 5-6 yoshli bolalar uchun fransuz tili bepul o‘qitiladi.

Kelishuv doirasida Kokoro lingua platformasi yordamida bolalarga innovatsion usullar bilan fransuz tili o‘rgatish rejalashtirilgan. Bu loyiha O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvlar davomida Hilola Umarova France Education International tashkiloti Bosh direktori Olive Brandui bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralarda O‘zbekistondagi fransuz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish, o‘qituvchilar almashuv dasturi va DELF junior hamda DALF testlarini joriy etish masalalari kelishib olindi.