Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirildi: yangi o‘zgarishlar bilan tanishing
14-avgust 18:24
Pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirildi
2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirildi. Ushbu o‘zgarishlar Prezident tomonidan imzolangan "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi farmonga asosan amalga oshirildi.
Bunda belgilangan miqdorlar quyidagicha:
- Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori: oyiga 428 000 so‘m;
- Yoshga doir eng kam pensiya miqdori: oyiga 834 000 so‘m;
- Nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori: oyiga 920 000 so‘m.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab esa:
- Byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa soha xodimlarining ish haqi miqdori 15 foizga oshiriladi.
- Umumiy byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori esa 10 foizga oshiriladi, tibbiyot va pedagog xodimlari bundan mustasno.
- Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori: oyiga 1 155 000 so‘m etib belgilandi.
- Bazaviy hisoblash miqdori: 375 000 so‘m etib tasdiqlandi.