Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun adabiyotlar ishlab chiqildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat vazirligining qoʻshma qaroriga binoan, 2024-yilning oktyabr-noyabr oylarida bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarining mutaxassislik va jismoniy tarbiya fanlari bo‘yicha pedagog kadrlarni malaka sinovlaridan o‘tkazish belgilandi.
Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ushbu ta’lim muassasalari uchun attestatsiyadan o‘tishga oid sinov materiallari va o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqdi.
Fan spesifikatsiyalari:
- Boshlang‘ich ta’lim (o‘zbek tili)
- Boshlang‘ich ta’lim (rus tili)
- Biologiya
- CHQBT
- Rus tili (o‘zbek sinflari uchun)
- Rus tili va adabiyoti
- Davlat va huquq asoslari
- Fizika
- Geografiya
- Ingliz tili
- Informatika va Axborot texnologiyalari
- Iqtisodiy bilim asoslari
- Jismoniy tarbiya
- Kimyo
- Matematika
- Musiqa madaniyati
- Ona tili va adabiyot
- O‘zbek tili
- Qoraqalpoq tili
- Qoraqalpoq tili va adabiyoti
- Tarbiya fani
- Tarix
- Tasviriy san’at va chizmachilik
- Texnologiya (qiz bolalar)
- Texnologiya (o‘g‘il bolalar)
MAXSUS FANLAR