Malaka sinovlarini onlayn kuzatib borish imkoniyati mavjud
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
2024-yilning ikkinchi yarmida pedagoglar uchun o‘tkazilayotgan attestatsiya jarayoni, 29-oktyabrda boshlandi. Ushbu malaka sinovlari (testlar) orqali o‘qituvchilarning kasbiy mahorati baholanib, ularga kelgusidagi faoliyat uchun zarur bo‘lgan malaka darajalari beriladi.
Ta’lim jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida bu yilgi attestatsiya sinovlari ilk bor real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyati bilan ta’minlandi. Maxsus onlayn havola orqali test sinovlarining kechishi va pedagoglarning ishtiroki ochiq namoyish qilinadi, bu esa jarayonning xolis va shaffof o‘tishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Jarayonni quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.