Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Maktab direktori uchun ham “direktor jamg‘armasi”dan moddiy yordam olish imkoniyati mavjud

23-oktabr 15:40
Maktab direktori uchun ham “direktor jamg‘armasi”dan moddiy yordam olish imkoniyati mavjud

Moddiy yordam olish uchun xodim tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlashi va moddiy yordam olish uchun asos bo‘ladigan holatlar mavjud bo‘lishi kerak. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlariga kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi miqdorigacha moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bu yordam quyidagi holatlar uchun ajratiladi:

  • Xodimning o‘zi yoki yaqin qarindoshi (ota, ona, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda.
  • Og‘ir kasallikka chalinganda.
  • Tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda.

Qoidalarga muvofiq, agar maktab xodimi yoki direktori mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan vaqtda ushbu holatlar yuz bersa, jamg‘armada mablag‘ mavjud bo‘lsa, xodim ikki lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam olish huquqiga ega.

Bu yordamni ajratish uchun ishchi guruh qarori asosida direktor tomonidan buyruq chiqariladi. Og‘ir kasallik tibbiy xulosada qayd etilgan taqdirda, maktab direktori ham “direktor jamg‘armasi”dan moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘ladi.