Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Maktab direktorlariga menejerlik sertifikati uchun 50% ustama to‘lanadi

22-sentabr 16:08
Maktab direktorlariga menejerlik sertifikati uchun 50% ustama to‘lanadi

Menejerlik sertifikati bor maktab direktorlari 50 foiz ustama oladi

Hukumat qaroriga (681-son, 25.12.2023-y.) koʻra, 2024-yil 1-yanvardan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi.

Nizomga muvofiq, maktablarga faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5-yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi. Oʻquv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil etib, 1 oy davomida oʻqitiladi.

Direktorlarning oʻqish davrida ularning asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va amaldagi oʻrtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi.

2024-yil 1-sentyabrdan menejerlik sertifikatiga ega quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi:

  • maktab direktorlariga – 50 foiz;
  • maktab direktori oʻrinbosarlariga – 30 foiz.