Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Malaka toifasi bilan bog‘liq muammolar va ularni hal qilish yo‘llari

24-oktabr 12:02
Malaka toifasi bilan bog‘liq muammolar va ularni hal qilish yo‘llari

Malaka toifasi “bazada” ko‘rinmayotgan pedagoglar diqqatiga

Savol: Ba’zi o‘qituvchilarning malaka toifasi “UZASBO”da ko‘rinmayapti, “ERP bazasi” ham ko‘rinmay qolgan. 25 yillik ish stajiga ega oliy toifali o‘qituvchilar esa mutarassis toifasiga tushib qolgan. Bu o‘qituvchilarning muammosini qanday hal qilish mumkin?

Javob: Bu kabi holatlar respublikamizning bir qancha hududlarida kuzatilmoqda. Xalqta’liminfо.uz Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi Pedagog kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Sardor Rahimboyevga murojaat qildi.

Hozirda asosiy muammolar malaka toifalarining tizimga integratsiya qilinishi jarayonida yuzaga kelmoqda. Rahimboyevning aytishicha, “UZASBO-2” dasturiga barcha platformalar integratsiya qilingan, ammo ayrim eski sertifikatlarni tizimga yuklash muammolari davom etmoqda.

Pedagoglar kimga murojaat qilishlari kerak?

Malaka toifasi “bazada” ko‘rinmagan yoki ba’zi sabablarga ko‘ra mutarassis toifasiga tushgan pedagoglar hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari kerak.

45 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilarning masalasi

Ayrim hududlarda 45 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilarning malaka toifasi umrbod saqlanmayotgani haqida shikoyatlar mavjud. Rahimboyevning ma’lum qilishicha, bu muammo bo‘yicha tegishli guruhlar ish olib bormoqda va o‘qituvchilarga farq to‘lab beriladi.