Malaka toifasi uchun to‘lov qilgan, ammo arizasi rad qilinganlarga oxirgi imkoniyat berilmoqda
Ayrim sabablarga ko‘ra kechroq ariza topshirgan pedagoglar malaka toifasi uchun to‘lagan pullari qaytarilmasdan, arizalari rad etilib “kuyib” qolayotgandi. Tez orada bu pedagoglarga rad qilingan arizalarni tahrirlab qayta topshirishga imkoniyat berilishi kutilmoqda.
Shu sababli pedagoglardan o‘z faoliyatlariga va o‘zlari haqidagi ma’lumotlarga befarq bo‘lmaslik hamda bu imkoniyatdan unumli foydalanish so‘raladi.