Maxsus pedagogika bitiruvchilari qanday kasblarda ishlashi mumkin?
Maxsus pedagogika yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?
Maxsus pedagogika (defektologiya) yo‘nalishi – sog‘lom va imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun zaruriy kadrlarni tayyorlaydi. Ushbu yo‘nalishda ta’lim olganlar bolalarning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularni rivojlantirish va o‘qitish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishadi.
Maxsus pedagogika yo‘nalishi to‘rt asosiy yo‘nalishni qamrab oladi:
- Oligofrenopedagogika – aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar bilan ishlashni o‘z ichiga oladi.
- Surdopedagogika – eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan shug‘ullanadi.
- Tiflopedagogika – ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus ta’lim beradi.
- Logopediya – nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kunda maxsus pedagogika bitiruvchilari:
- bitiruvchi talabalar sogʻlom bolalarga moʻljallangan maktabgacha taʼlim muassasalarida logoped;
- maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida defektolog;
- umumtaʼlim maktablarida logoped;
- maxsus maktab va maktab-internatlarda defektolog;
- oilaviy poliklinikada logoped lavozimida faoliyat yuritishlari mumkin.