Metod kunlar qayta joriy qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Kasbiy rivojlanish soatlari va kunlari
2025 yil 1 yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini ta’minlash maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida malaka oshirishning "Kasbiy rivojlanish soati", tayanch umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida esa "Kasbiy rivojlanish kuni" kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Quyidagi hafta kunlari o‘qituvchilar uchun "Kasbiy rivojlanish kunlari" sifatida belgilanadi:
- Dushanba — Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari)
- Seshanba — Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili)
- Chorshanba — Tabii fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabii fan)
- Payshanba — Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya)
- Juma — Xorijiy tillar
- Shanba — Amaliy fanlar va boshlang‘ich ta’lim (tasviriy san’at, chizma chizish, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvgacha boshlang‘ich tayyorgarlik, boshlang‘ich ta’lim)
Ushbu yangi tizim pedagoglar va mutaxassislarning kasbiy rivojlanishini yanada samarali qilish uchun joriy etilmoqda.