Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Milliy sertifikat: Ona tili imtihonlarida essening so‘zlari soni cheklanmagan

09-oktabr 16:39
Milliy sertifikat: Ona tili imtihonlarida essening so‘zlari soni cheklanmagan

Ona tilidan milliy sertifikat imtihonida esseda so‘z sanalmaydi

Bilimlarni baholash agentligi rasmiy munosabatiga ko‘ra, ona tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida esse yozish jarayonida so‘zlar soni bo‘yicha qat’iy talab mavjud emas. Shuningdek, buyuk shaxslarning iqtiboslarini keltirish majburiy emas. Talabgorlar mavzu doirasida o‘z fikrlarini dalillar asosida ochib berishlari kerak.

Agentlikning ta’kidlashicha, so‘zlar sonini belgilash amaliyoti o‘quvchini sun’iy ravishda esseni davom ettirishga majbur qiladi. Shu sababli, so‘zlar soni bo‘yicha qat’iy cheklovlar yo‘q.

Esselar avtomatlashtirilgan platforma orqali tekshiriladi, bunda talabgorga berilgan esse anonim ravishda, ism-familiyasi ko‘rsatilmagan holda tekshiruvchilarga taqdim etiladi.