Muhim ishlar — birinchi o‘rinda!
Ko‘p insonlar qiyin va murakkab vazifalarni "ertaga" yoki "keyinga" qoldirishadi. Jumladan, maqsad sari harakat qilishni ham kechiktirishadi.
Ammo bu yerdagi muammo shuki, bu kabi "keyinga" qoldirishlar cheksiz davom etishi mumkin. Chunki "keyin" degan so‘zning o‘zi noaniq, vaqti belgilanmagan.
❌ "Ertaga" so‘zini ishlatmang!
Hayotingizni o‘zgartirishni istasangiz, vazifalarga aniq vaqtni belgilang va hozir boshlang, "ertaga" emas! Va albatta qiyinidan boshlang, bu sizga keyingi ishlarda kuch va g‘ayrat beradi.