Nogiron yoshlar yuridik texnikumlarda bepul ta’lim oladi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Endilikda nogironligi bor yoshlar yuridik texnikumlarida bepul oʻqishadi
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 640-son qarori qabul qilindi.
Qarorga kiritilayotgan qoʻshimchalar bilan nogironligi boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash choralari belgilanmoqda. Jumladan, endilikda nogironligi boʻlgan bolalar uchun umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikat berish kabi xizmat koʻrsatish toʻlovining 50% miqdorida chegirma belgilanmoqda.
Bundan tashqari, ular va oilaviy mehribonlik uylari bitiruvchilari yuridik texnikumlarga davlat granti asosida alohida qabul parametrlari doirasida qabul qilinadi.