O‘qituvchilarning ish vaqti tabeli qanday rasmiylashtiriladi?
O‘qituvchilar ish vaqtini hisobga olish tabeli qanday yuritiladi?
O‘qituvchilarning ish vaqti tabeli ularning pedagogik yuklamasini, ishga kelish va ketish vaqtlarini aniqlash va to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon maktabning ichki tartib-qoidalari va belgilangan huquqiy talablar asosida amalga oshiriladi.
Tabelni kim yuritadi?
O‘qituvchilarning ish vaqti hisobini yuritish odatda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga yuklanadi. Agar o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ishda bo‘lmasa, bu vazifa ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari yoki kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor) zimmasiga o‘tadi.
Tabel qanday yuritiladi?
O‘qituvchilarning ish vaqti har kuni ishga kelish va ketish jurnali orqali qayd etiladi. Ushbu jurnal asosida har oylik ish vaqtini hisobga olish tabeli to‘ldiriladi. Shuningdek, o‘qituvchilar ma’lum sababga ko‘ra ishga kelmagan hollarda, ular tabelga tegishli belgilardan foydalanib rasmiylashtiriladi:
- T — ta’tilda
- K — mehnatga layoqatsizlik varaqasida
- X — xizmat safarida
- M — malaka oshirishda
- D — dam olish kuni
- B — bayram kuni
Pedagog xodimlarning ishlagan va ishlamagan kunlari to‘g‘risidagi belgilashlar faqat asoslovchi hujjatlar (ta’til buyruqlari, mehnatga layoqatsizlik varaqasi, xizmat safari hujjatlari va boshqalar) asosida amalga oshiriladi.
Tabel to‘ldirish va hujjatlarni rasmiylashtirish
Tabelni to‘g‘ri va o‘z vaqtida to‘ldirish o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining mas’uliyati hisoblanadi. Shuningdek, agar o‘qituvchi mehnatga layoqatsizlik varaqasiga ega bo‘lsa, ushbu hujjatni xodim ishga chiqqan birinchi kunda kadrlar xizmatiga taqdim etishi kerak.
Tabel har oyning 15-sanasiga qadar hisobot oyining birinchi yarmi uchun, hisobot oyidan keyingi oyning 1-sanasiga qadar o‘tgani oy uchun to‘ldirilishi va XTV buxgalteriyasiga taqdim etilishi shart