Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Odamni yozuviga qarab, uning ayrim xususiyatlarini aniqlash

30-mart 23:37
Odamni yozuviga qarab, uning ayrim xususiyatlarini aniqlash

Yozuvning qiyaligi

  • oʻngga yotgan : yangi doʻstlar orttirishni va suhbatlarni yoqtiradi;
  • toʻgʻri yozuv: odatda emotsiyalarini yashirib yuradi;
  • chapga yotgan: yolgʻiz ishlashni yoqtiradi.

Hajmi– katta: ochiq shaxsiyat egasi;

  • oʻrta: moslashuvchan va vazmin;
  • kichik: diqqatni oson jamlay oladi.

Soʻzlar orasida boʻsh joy qoldirishga qarab

  • katta joy tashlab yozish: erkinlikni sevadi, gavjum joylarni xush koʻrmaydi;
  • bir-biriga yaqin yozish: yolgʻizlikni yomon koʻradi.

Bosim– bosib yozish: masʼuliyatli, ammo qaysar;

  • yengil yozish: sezgir, biroq gʻayrat yetishmaydi.

Aniqlik

  • tushunarsiz yozuv: sirli shaxs va tez fikrlovchi.
  • aniq yozuv: oʻziga ishongan va tinch