Oliy ta’limda yangi islohotlar: Bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari qisqartirildi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari qisqartirildi: Yangi o‘quv yilidagi o‘zgarishlar
Yangi 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab, TOP-300 oliygohlar ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim yo‘nalishlari 40 foizgacha maqbullashtirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova respublika oliy va professional o‘quv muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Natijada, 306 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 183 taga va 645 ta magistratura mutaxassisliklari 546 taga qisqartirildi. Ushbu maqbullashtirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha malaka talablari ishlab chiqilib, tasdiqlandi hamda barcha oliygohlarga yetkazildi.
Shuningdek, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni kuchaytirish maqsadida, kamida 15 haftalik uzluksiz malakaviy amaliyotlar o‘tkazilishi belgilandi.
Yangi o‘quv yilidagi ushbu o‘zgarishlar oliy ta’lim tizimida sifatni oshirishga va talabalar uchun yanada samarali ta’lim olish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.