Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Ona tili va tarix fanlari o‘qituvchilariga 50 foizlik ustama joriy qilindi

29-avgust 02:45
Ona tili va tarix fanlari o‘qituvchilariga 50 foizlik ustama joriy qilindi

Ona tili va adabiyot hamda tarix o‘qituvchilariga har oy 50 foiz ustama beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Mazkur bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ul etib Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi belgilandi.

Ushbu o‘zgarish pedagog kadrlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish va o‘quv jarayonining sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.