Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Sertifikat muddati belgilanmagan bo‘lsa, ustama to‘lovi qancha vaqt davomida to‘lanadi?

16-oktabr 14:37
Sertifikat muddati belgilanmagan bo‘lsa, ustama to‘lovi qancha vaqt davomida to‘lanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni 9-bandiga ko‘ra, xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga har oy tarif stavkasiga nisbatan 50% yoki 20% miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

Bu farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-iyulda 25-sonli qo‘shma qaror ishlab chiqilgan va 1-avgustdan kuchga kirgan.

Mazkur qarorga muvofiq, muddati ko‘rsatilmagan sertifikatlar uchun ustamalar sertifikat berilgan sanadan boshlab ko‘pi bilan 3 yil davomida to‘lanadi. Bu qoida amal qilish muddati belgilanmagan sertifikatlar uchun qo‘llaniladi.