O‘zbekistonlik o‘quvchi xalqaro ingliz tili olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
O‘zbekistonlik 7-sinf o‘quvchisi xalqaro ingliz tili olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
2024-yilning 23-26-sentyabr kunlari Italiyaning Assizi shahrida “Global Hippo Association” tomonidan tashkil etilgan 12-Xalqaro ingliz tili olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tanlovda O‘zbekistondan o‘quvchilar qatnashib, bilimlarini namoyish etdilar.
Tanlovning saralash bosqichlarida 63 davlatdan 88 mingdan ortiq o‘quvchi qatnashgan bo‘lsa, O‘zbekistondan 4,5 ming maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Surxondaryo viloyatidan 7-sinf o‘quvchisi Mirabror Rajabboyev “Hippo-2” guruhida xalqaro olimpiadada faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Tashkilotchilar barcha ishtirokchilarni xalqaro ingliz tili sertifikati, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladilar. Shuningdek, O‘zbekiston sharafini himoya qilgan o‘quvchilar va ularning ustozlariga O‘zbekiston elchixonasi nomidan tashakkurnomalar taqdim etildi.
Qayd etish joizki, 2025-yilda ushbu olimpiadaning Yevropa bosqichi Venetsiya, Osiyo bosqichi esa Samarqand shahrida, yakuniy bosqichi esa Sitsiliya orolida o‘tkazilishi rejalashtirilgan