Prezident: 300 ta maktabning moddiy-texnik bazasi talabga javob bermaydi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
300 ta maktabning moddiy-texnik bazasi talablarga javob bermaydi – Prezident
Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablarning tajribasini ommalashtirish doirasida 1 mingta umumta’lim muassasasida baholash tizimini joriy etish ishlari boshlandi. Lekin, ularning 300 tasida moddiy-texnik baza talabga mutlaqo javob bermaydi.
Eng ko‘p ta’mirtalab maktablar quyidagi hududlarda joylashgan:
- Toshkent shahri: 69 ta
- Buxoro viloyati: 56 ta
- Xorazm viloyati: 38 ta
- Andijon viloyati: 25 ta
- Namangan viloyati: 23 ta
Bundan tashqari, Toshkent shahri Yunusobod va Olmazor tumanlarida (14 tadan), Xonqa (12 ta), Yangibozor (10 ta), Andijon shahri, Oltinko‘l va Toshloq tumanlarida (5 tadan), Navoiy va Guliston shaharlarida (4 tadan), Kogon (8 ta), Romitan (6 ta) va G‘ijduvon (5 ta) tumanlarida ham ta’mirtalab maktablar mavjud.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu muammolarni hal qilish uchun tuman va shahar hokimlariga har hafta maktablardan xabar olish, o‘qituvchilar bilan suhbatlashish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shuningdek, viloyat, tuman va shahar hokimlariga mazkur 300 ta maktabni ta’mirlash va jihozlash ishlarini olti oy muddatda yakunlash vazifasi topshirildi. Bundan keyin hudud rahbarlari faoliyati baholanishida ta’lim sifati, maktablar sharoiti va o‘qituvchilarning qadr-qimmati asosiy mezonlardan biri bo‘ladi