Qayiq ustidagi maktablar haqida eshitganmisiz?
Ko‘pgina davlatlarda tabiiy ofatlar sabab darslar bekor qilinsa, Bangladeshda musson yomg‘irlari yo daryo toshqinlari ham o‘quv jarayoniga xalaqit bermaydi. Chunki mamlakatdagi ko‘plab qishloqlarda maktab binosi vazifasini katta qayiqlar yoki barjalar bajaradi.
Baʼzi o‘quvchilar darsga ham qayiqlarda borishadi. Kattaroq qishloqlarda esa qayiq maktablar aholi punktlari atrofida suzib, o‘quvchilarni yig‘ib chiqadi.
O‘quvchilaringizga ham ulashing!