Yozda o‘qishni ko‘chirish imtihonidan yiqilsam, keyin nima qilsam bo‘ladi?

Super-kontrakt asosida o‘qishni ko‘chirish tartibi va narxlari (2025)
O‘qishni davom ettirish imkoniyati
Talabalar o‘qiyotgan oliygohida o‘qishni o‘sha joydan davom ettirishlari mumkin. Agar bu imkonsiz bo‘lsa, ular super-kontrakt asosida o‘qishni ko‘chirish huquqiga ega bo‘ladilar. Bu tartib aniq mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Super-kontrakt toifalari
Super-kontrakt uch toifaga bo‘linadi. Har bir toifa o‘ziga xos talab va narxlarga ega. Quyida bular haqida batafsil ma’lumot beriladi.
1-toifa: 4,05 balldan kam yetmaganlar uchun
Agar abiturient o‘tish balidan 4,05 ballgacha yetmay qolgan bo‘lsa, u quyidagi shkala asosida super-kontrakt to‘laydi:
-
1,05 ballgacha yetmay qolsa – oddiy kontrakt narxining 1,5 barobari
-
1,06–2,05 ball oralig‘ida – 2 barobari
-
2,06–3,05 ball oralig‘ida – 2,5 barobari
-
3,06–4,05 ball oralig‘ida – 3 barobari
🔹 Misol: Matematika yo‘nalishiga o‘tish bali 120, talaba 118,5 ball to‘plagan. Unga 1,5 ball yetmay qolgan. Oddiy kontrakt narxi 7 400 000 so‘m bo‘lsa, super-kontrakt narxi 14 800 000 so‘m bo‘ladi (2x7 400 000).
2-toifa: 4,05 balldan ortiq yetmay qolganlar (lekin 56,7 balldan ko‘proq ball to‘plaganlar)
Agar talabgor o‘tish balidan 4,05 balldan ortiq yetmay qolgan bo‘lsa va 56,7 dan ko‘p ball olgan bo‘lsa, u quyidagi ko‘rsatkichlar asosida super-kontrakt to‘laydi:
-
Bu holatda to‘lov miqdori 8, 10, 12, 15, 17 yoki 25 barobar bo‘lishi mumkin.
-
Belgilangan barobar soni yo‘nalishga qarab farqlanadi.
🔹 Misol: Iqtisod yo‘nalishiga o‘tish bali 105, talaba 70 ball olgan. Demak, unga 35 ball yetmay qolgan, lekin 56,7 dan oshgan. Super-kontrakt uchun 10 barobar belgilangan. Oddiy kontrakt 10 500 000 so‘m bo‘lsa, to‘lov miqdori 105 000 000 so‘m bo‘ladi.
❗ Muhim eslatma: Bu toifada 5 ball yetmagan bilan 40 ball yetmagan orasida farq yo‘q — hammasi bir xil miqdor to‘laydi. Shu bois, "Menga 10 ball yetmadi, qancha bo‘ladi?" degan savollar ortiqcha.
3-toifa: 56,7 balldan kam ball to‘plaganlar
Agar talaba 56,7 dan kam ball olgan bo‘lsa, u faqat 3-toifa super-muper kontrakt asosida o‘qishga ko‘chiriladi.
-
Bunday holatda u 2-toifada belgilangan super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘laydi.
🔹 Misol: Iqtisodga topshirib 40 ball olgan talaba uchun super-kontrakt miqdori 210 000 000 so‘m bo‘ladi (2 x 105 000 000).
Super-kontrakt narxini qanday hisoblash mumkin?
To‘lovni hisoblash uchun quyidagi 3 bosqichni bajaring:
-
O‘tish balini aniqlang.
-
To‘plagan ballingizni aniqlang.
-
Qaysi toifaga tushishingizni aniqlab, mos miqdorni hisoblang.
Bu tartib yordamida har bir talaba o‘z imkoniyatlarini mustaqil baholashi mumkin.
Xulosa
Super-kontrakt orqali o‘qishni ko‘chirish imkoniyati mavjud. Toifangizni aniqlab, qancha to‘lov kerakligini oldindan hisoblab qo‘ying. Bu ma’lumot sizga o‘qishni davom ettirishda aniq yo‘l ko‘rsatadi. Har bir ball muhim. Qancha ko‘p ball olsangiz, shuncha kam to‘laysiz.