Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Shavkat Mirziyoyev: "Qiz bolani o‘qitsak, butun oila savodli bo‘ladi"

02-sentabr 17:06
Shavkat Mirziyoyev:

“Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!”– Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ta’limning ahamiyati to‘g‘risida quyidagicha nutq so‘zladi:

“Yurtimizda dunyodagi nufuzli oliygohlarning filiallarini ochib, O‘zbekistonni yirik ta’lim markaziga aylantirishni maqsad qilganmiz. Yoshlarimiz yetakchi xorijiy universitetlarda tahsil olib, tajriba orttirib, Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga bel bog‘laganlar. Buning uchun ularga ‘El-yurt umidi’ jamg‘armasi orqali yanada qulay imkoniyatlar yaratamiz.

Ayniqsa, xotin-qizlarning bilim olishlari, kasb egallashlariga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.

Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling!

Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!”