Talabalar uchun kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash shartlari va muddatlari
Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?
Javob: Ha, 4 qismga bo‘lib to‘lash mumkin. Oliy ta’lim muassasalari (OTM) talabalariga yillik o‘qish to‘lovlarini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan.
Muddatlar quyidagicha taqsimlanadi:
- 25% qismini: 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari esa 1-oktyabrgacha to‘laydi.
- 50% qismini: 2025-yil 1-yanvargacha.
- 75% qismini: 2025-yil 1-martgacha.
- 100% qismini: 2025-yil 1-maygacha to‘lash kerak.
To‘lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. 1-kurs talabalari uchun dastlabki to‘lov muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan bosqichlar uchun esa OTM rektori muddatni uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Agar kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza yuborsangiz va u tasdiqlansa, 4 qismga bo‘lib to‘lash va muddatlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Biroq, bu tartib moliyaviy mustaqillikka ega davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
Eslatma: Bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontrakt talabalari dastlab 50% to‘lovni amalga oshirishlari kerak. Faqat oddiy kontrakt uchun 25% qoidasi amal qiladi.