Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

"Ta’lim kodeksi"ni qabul qilish taklifi: Vazir Hilola Umarova qo‘llab-quvvatladi

31-avgust 18:40

O‘zbekistonda "Ta’lim kodeksi"ni qabul qilish taklifi berildi

Kecha, 28-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Ta’lim kodeksi"ni ishlab chiqish taklifi berildi.

Ushbu kodeksda, vazirdan tortib, maktab o‘qituvchisigacha bo‘lgan barcha xodimlar uchun qo‘yilgan malaka talablari va ularning umumiy mehnat faoliyati aniq belgilanishi lozimligi qayd etildi.

Hilola Umarova ham bu taklifni qo‘llab-quvvatlab, birgalikda jamoa tuzish va shu kabi takliflarni bir yerga jamlash fikrini ilgari surdi.