Vazir “Yil o‘qituvchisi” tanlovini tashkil etish bo‘yicha takliflarni qabul qilmoqda
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Vazir g‘oliblariga uy beriladigan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi tashkil etish bo‘yicha taklif berishni so‘radi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qildi. Muloqot davomida, “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilishi va 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga sovg‘a sifatida uy-joy berilishi e’lon qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ushbu tanlovni shaffof va adolatli o‘tkazish uchun jamoatchilik va pedagoglar takliflarini qabul qilish niyatida ekanini bildirdi. U jamoatchilikka tanlovning shaffofligi va adolatliligini ta’minlash uchun takliflar yuborishni so‘radi.
“Tanlov qanday bo‘lishi kerak? Qanday jihatlarga e’tibor berish kerak? Ishtirokchilarni qaysi mezonlar asosida baholash lozim?” kabi savollarni ko‘tarib, Hilola Umarova pedagoglardan taklif va fikrlarni @uzedu_vazirbot manziliga yuborishni so‘radi.