Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

23-oktabr 15:23
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

Xabaringiz bor, yildan-yilga ta’lim muassasalarida yuritiladigan hujjatlar elektron shaklga o‘tkazilmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning ma’lum qilishicha, 2024–2025 o‘quv yilidan boshlab maktablardagi o‘quv-pedagogik hujjatlar to‘liq raqamlashtiriladi. Bu jarayon orqali nafaqat qulaylik yaratiladi, balki katta mablag‘ tejalishi ham ta’minlanadi.

Elektron shaklga o‘tkazish natijasida quyidagi o‘zgarishlar amalga oshadi:

  • “emaktab.uz” platformasida elektron baholar tabeli avtomatik shakllanadi va ota-onalar tizimdan yuklab olish imkoniga ega bo‘ladi.
  • O‘qituvchilar va maktab rahbariyatining vaqti tejaladi, har bir o‘qituvchi yiliga 75 soat tejaydi.
  • Maktab boshqaruvi jarayonida qog‘ozbozlikka barham beriladi va samaradorlik oshadi.
  • 232 tonna qog‘oz va logistik xarajatlar tejaladi.
  • Davlat byudjeti bo‘yicha har yili 10,1 milliard so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.

Bu o‘zgarishlar ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash va boshqaruvni soddalashtirishga xizmat qiladi