Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Texnikum talabalarining chet tili o‘rganish pulini davlat to‘lab beradi

03-iyul 05:41
Texnikum talabalarining chet tili o‘rganish pulini davlat to‘lab beradi

Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, chet tili o‘rganishni xohlovchi professional ta’lim muassasa o‘quvchilariga yengilliklar berilyapti.

Qaror mazmuni: Professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o‘rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini o‘qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Misol: BHMning 10 baravari 3,4 mln so‘mga teng. Agar talabalar sertifikatni qo‘lga kiritsalar, davlat ushbu miqdorning 50 foizigacha qoplab beradi. Bu esa, 1,7 mln so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

Bu qaror professional ta’lim oluvchilarining chet tili bo‘yicha bilimlarini oshirishga rag‘batlantiradi va moliyaviy yukni kamaytiradi.