Toifa sertifikatlari pedagoglar uchun qancha muddatga amal qiladi?
Maktablardagi pedagog xodimlarning malaka toifasi muddati 5 yilni tashkil etadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 572-son qarorida qayd etilgan bo‘lib, ushbu qaror asosida tasdiqlangan nizomga ko‘ra, pedagoglar har 5 yilda bir marta majburiy attestatsiyadan o‘tishlari shart.
Agar pedagog nafaqaga chiqqan bo‘lsa, uning malaka toifasi tushirilgan deb hisoblanmaydi. 572-son qarorning 6-bandiga ko‘ra, nafaqa yoshiga to‘lgan pedagoglar navbatdagi attestatsiyaga jalb qilinmaydi va ular malaka toifasi tugashidan qat’i nazar, amaldagi toifalari bo‘yicha ish haqi olishda davom etadilar