Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Ustama olishda 30 ball beradigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati

30-iyun 04:00
Ustama olishda 30 ball beradigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan 2024-2025-o‘quv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati eʼlon qilingan.

I. Fan olimpiadalari:

  1. Asosiy fan olimpiadasi;
  2. Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMO);
  3. Xalqaro Fizika olimpiadasi (IPhO);
  4. Xalqaro Kimyo olimpiadasi (IChO);
  5. Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO);
  6. Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI);
  7. Xalqaro Jautikov Olimpiadasi (Izho);
  8. Xalqaro Mendeleev olimpiadasi (kimyo fani);
  9. Osiyo fizika olimpiadasi (APhO);
  10. Osiyo - Tinch okeani informatika olimpiadasi (APIO);
  11. Xalqaro geogafiya olimpiadasi (IGeo);
  12. Xalqaro matematika musobaqasi (IMC);
  13. Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO);
  14. Xalqaro astronomiya olimpiadasi (IAO);
  15. Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO);
  16. Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada;
  17. Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika olimpiadasi;
  18. Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi;
  19. Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi;
  20. Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi.

II. Ko‘rik tanlov va musobaqalar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi;
  2. Respublika miqyosida o‘tkaziladigan insholar tanlovi;
  3. “Yil sardori” ko‘rik-tanlovi;
  4. “Eng namunali maktab sardorlari kengashi” ko‘rik tanlovi;
  5. “Eng namunali mahalliy sardorlari kengashi” ko‘rik tanlovi;
  6. “Eng namunali hududiy sardorlari kengashi” ko‘rik tanlovi;
  7. “Kamalak yulduzlari” ko‘rik tanlovi;
  8. “Kamalak bilimdonlari” ko‘rik tanlovi;
  9. “Bolalar va yoshlar teatr” jamoalari tanlovi;
  10. “Barkamol avlod” bolalar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Kibersport” musobaqasini o‘tkazish;
  11. Umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Dzudo” bo‘yicha Makstabga va maktab taʼlimi vaziri kubogi musobaqasi;
  12. Umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Gimnastika” sport turlari bo‘yicha Makstabga va maktab taʼlimi vaziri kubogi musobaqasi;
  13. O‘quvchilar o‘rtasida “Zakovot” intellektual o‘yini;
  14. “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiy festivali;
  15. O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar va qonun” tanlovi;
  16. O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi;
  17. 10-14 yosh o‘quvchilar o‘rtasida “Kamalak bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi;
  18. “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi;
  19. O‘quvchilar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” turniri;
  20. “Yil hikoyasi” ko‘rik-tanlovi;
  21. “Kitobxon maktab” ko‘rik-tanlovi;
  22. “Kitobxonlik festivali” tanlovi;
  23. Umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi;
  24. Umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Maktab ligasi” musobaqasi;
  25. Umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” shiori ostida respublika birinchiligi;
  26. Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yoshlar sport jamoalari” respublika birinchiligi;
  27. Umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Kurash milliy o‘yinlari” sport turi bo‘yicha respublika birinchiligi;
  28. “Yosh qutqaruvchi” harbiy sport musobaqasi;
  29. “Yosh gvardiyachi” harbiy sport musobaqasi;
  30. “Yosh chegarachi” harbiy sport musobaqasi;
  31. “Vatanparvarlar” harbiy sport musobaqasi;
  32. “Yashil chiroq” ko‘rik-tanlovi;
  33. “Yosh bojxonachi” ko‘rik-tanlovining;
  34. Huquqiy-maʼrifiy bilimdon ko‘rik-tanlovi:
  • “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi;
  • “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika ko‘rik-tanlovi;
  1. Umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqasi;
  2. “Zulfiya” davlat mukofoti;
  3. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqasi;
  4. “Bolalar ligasi” sport musobaqasi;
  5. “Inson huquqlari” tanlovi;
  6. “Qizlarjon” sammiti;
  7. “ECO-Schools” loyihasi;
  8. “Turon maktab” teatr tanlovi;
  9. “Jadidlar izidan” respublika tanlovi;
  10. Musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va hunarmandchilik bo‘yicha Vazarilik tasarrufidagi respublika tashkilotlarining Vazarilik bilan kelishilgan holda o‘tkazilgan ko‘rik tanlovlari (Vazarilik bilan kelishilmagan holda o‘tkazilgan ko‘rik tanlovlari inobatga olinmaydi).

Manba: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati.