Xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Endilikda xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi
Iqtidorli yoshlarni tanlab olish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.
Rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi.
Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan o‘quvchiga 170 million so‘m, kumush medalga 102 million so‘m, bronza medal uchun esa 68 million so‘m mukofot puli beriladi.
Shuningdek, ushbu o‘quvchilarning o‘qituvchilari 50 milliondan 150 million so‘mgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoniyati yaratiladi.
Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.