Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin
Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.
Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.
Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.