Yangi o‘quv yilidan sinf rahbarlari bilib olishi kerak
                                            30.06.2024 01:24                                        
                                        
                                    
                                        O‘quvchilarning shaxsiy yig‘ma jildi hujjatlari o‘quvchini maktabga qabul qilingan kunidan bitirguniga qadar yuritiladi. Unda quyidagi hujjatlar jamlanadi:
- Maktabga qabul qilish haqida ota-ona (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning arizasi;
 - O‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (pasport, ID-karta) nusxasi;
 - Ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning pasport (ID-karta) nusxalari;
 - Tibbiy ma’lumotnoma;
 - Baholar tabeli (10-11-sinf o‘quvchilari uchun 9-sinfda berilgan tayanch ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma).
 
Sinf rahbarlari uchun talablari
- Yig‘ma jild yuritilishi: O‘quvchining shaxsiy yig‘ma jildi hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritilib, har o‘quv yili boshida xatlovdan o‘tkaziladi.
 - Saqlanish muddati: O‘quvchining shaxsiy yig‘ma jild hujjatlari o‘quvchi maktabni tamomlaganidan so‘ng 3 yil muddatda maktabda saqlanadi.
 
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Maktablarda sinf rahbari bo‘lish tartibi va mezonlari
                                                                30.10.2024 15:50                                                            
                                                        Maktab imtihonlari 26-maydan boshlanadi
                                                                26-aprel 15:19