Xalqaro Nordik Universiteti (XNU) – Zamonaviy Fin Ta’lim Modeli O‘zbekistonda
Xalqaro Nordik Universiteti (XNU) – O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida joylashgan, Finlyandiyaning ilg‘or ta’lim tizimiga asoslangan, xalqaro xususiy universitet hisoblanadi.
Asosiy ma’lumotlar:
- Tashkil etilgan sana: 2022-yil 8-avgust
- Rasmiy nomi: Nordic International University
- Litsenziya: №034528
Nima uchun aynan Xalqaro Nordik Universiteti?
1. Xalqaro maqom va tan olingan diplom
Nordik Finlyandiyaning Kareliya Amaliy Fanlar Universiteti bilan qo‘shma dasturlar asosida faoliyat yuritadi. 2+2 va 3+1 formatida o‘qib, ikki diplomli (double degree) bo‘lish imkoniyati mavjud. Bu diplomlar Yevropa Ittifoqi davlatlarida tan olinadi.
2. Qulay kontrakt narxlari va grantlar
Talabalar uchun raqobatbardosh kontrakt miqdorlari, bo‘lib to‘lash imkoniyati, 50% gacha chegirmalar, va yiliga eng iqtidorli 5 nafar talaba uchun to‘liq grant taqdim etiladi.
3. Xalqaro stajirovkalar va Work & Travel
Nordikda o‘qiyotgan talabalar yozgi ta’til davomida Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya davlatlarida ish va sayohat dasturlarida qatnashish imkoniga ega. Ingliz tilini B2 darajada o‘zlashtirgan talabalar uchun Work & Travel kafolatli kvotalar ajratiladi
4. Ta’limning zamonaviy formati
Darslar mahalliy va xorijiy ustozlar tomonidan ingliz, rus va fin tillarida, kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi, hamda masofaviy shakllarda olib boriladi.
Universitet infratuzilmasi va qo‘shimcha imkoniyatlar
- Zamonaviy kampus: Fin texnologiyalari asosida loyihalashtirilgan o‘quv binolari, kutubxonalar va laboratoriyalar
- Foundation maktabi: 9–11-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlov dasturi. Bitiruvchilar 2-kursdan o‘qishni boshlaydi.
- Amaliy kurslar va master-klasslar: Chet el mutaxassislari bilan
- Bepul IELTS tayyorlov kurslari va xalqaro sertifikatlar
- Nordic ilmiy jurnali va “Nordic” nashriyoti orqali ilmiy ishlarga e’tibo
Qabul
Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar
Akademik talablar
- O'rta maktab diplomi yoki ekvivalenti
- Minimal GPA talablari dasturga qarab farq qiladi
- Barcha o'qigan ta'lim muassasalaridan transkriptlar
Til talablari
- TOEFL iBT: Minimal ball 90
- IELTS Academic: Minimal ball 7.0