Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Xalqaro Nordik universiteti kirish ballari 2024

Xalqaro Nordik Universiteti (XNU) – Zamonaviy Fin Ta’lim Modeli O‘zbekistonda

Xalqaro Nordik Universiteti (XNU) – O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida joylashgan, Finlyandiyaning ilg‘or ta’lim tizimiga asoslangan, xalqaro xususiy universitet hisoblanadi.

Asosiy ma’lumotlar:

  • Tashkil etilgan sana: 2022-yil 8-avgust
  • Rasmiy nomi: Nordic International University
  • Litsenziya: №034528

Nima uchun aynan Xalqaro Nordik Universiteti?

1. Xalqaro maqom va tan olingan diplom

Nordik Finlyandiyaning Kareliya Amaliy Fanlar Universiteti bilan qo‘shma dasturlar asosida faoliyat yuritadi. 2+2 va 3+1 formatida o‘qib, ikki diplomli (double degree) bo‘lish imkoniyati mavjud. Bu diplomlar Yevropa Ittifoqi davlatlarida tan olinadi.

2. Qulay kontrakt narxlari va grantlar

Talabalar uchun raqobatbardosh kontrakt miqdorlari, bo‘lib to‘lash imkoniyati, 50% gacha chegirmalar, va yiliga eng iqtidorli 5 nafar talaba uchun to‘liq grant taqdim etiladi.

3. Xalqaro stajirovkalar va Work & Travel

Nordikda o‘qiyotgan talabalar yozgi ta’til davomida Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya davlatlarida ish va sayohat dasturlarida qatnashish imkoniga ega. Ingliz tilini B2 darajada o‘zlashtirgan talabalar uchun Work & Travel kafolatli kvotalar ajratiladi

4. Ta’limning zamonaviy formati

Darslar mahalliy va xorijiy ustozlar tomonidan ingliz, rus va fin tillarida, kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi, hamda masofaviy shakllarda olib boriladi.

Universitet infratuzilmasi va qo‘shimcha imkoniyatlar

  • Zamonaviy kampus: Fin texnologiyalari asosida loyihalashtirilgan o‘quv binolari, kutubxonalar va laboratoriyalar
  • Foundation maktabi: 9–11-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlov dasturi. Bitiruvchilar 2-kursdan o‘qishni boshlaydi.
  • Amaliy kurslar va master-klasslar: Chet el mutaxassislari bilan
  • Bepul IELTS tayyorlov kurslari va xalqaro sertifikatlar
  • Nordic ilmiy jurnali va “Nordic” nashriyoti orqali ilmiy ishlarga e’tibo

Qabul

Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar

Akademik talablar

  • O'rta maktab diplomi yoki ekvivalenti
  • Minimal GPA talablari dasturga qarab farq qiladi
  • Barcha o'qigan ta'lim muassasalaridan transkriptlar

Til talablari

  • TOEFL iBT: Minimal ball 90
  • IELTS Academic: Minimal ball 7.0

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari